Karuana: «O‘zbekiston katta davlat bo‘lmasa ham, dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini yetishtirmoqda»
Amerikalik shaxmatchi O'zbekistonlik grossmeysterlar haqida iliq fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Chess Uzbekistan
Fabiano Karuana shaxmat rivojida davlatlarning ishtiroki haqida fikr bildirdi.
“Shaxmat juda foydali. Ammo AQShda hukumat bu jarayonda deyarli ishtirok etmaydi va biz ko‘proq xususiy homiylarga tayanamiz.”
U Yevropa bilan farqni ham ta’kidladi:
“Yevropada davlatlar bu sohada ancha faol. Bu esa rivojlanishga bevosita ta’sir qiladi.”
Karuana eng muhim misollar qatorida O’zbekiston haqida aytib o’tdi:
“So‘nggi 20 yilda eng katta o‘sishga erishgan davlatlar O‘zbekiston va Hindiston bo’ldi. Ularda shaxmatga davlat tomonidan katta e’tibor va sarmoya qilinadi, natijalar esa ko‘rinib turibdi.”
O‘zbekiston katta davlat bo‘lmasa ham, dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini yetishtira olmoqda”
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist