Kartingchilarimiz Qozog'istondagi xalqaro turnirda ishtirok etdi
Oʻzbekistonlik kartingchilar Qozogʻiston Respublikasi karting boʻyicha xalqaro toifalardagi chempionatining 1-bosqichida.
26–27-aprel kunlari Oʻzbekistonning Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) litsenziyasiga ega boʻlgan sportchilar Qozogʻiston Respublikasi karting boʻyicha xalqaro sinflardagi chempionatining 1-bosqichida ishtirok etishdi. Musobaqalar Sokol International Circuit avtodromida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston vakillari Mini, OK-J va Rotax Max toifalarida qatnashishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
– Yaroslav Xramchixin Mini toifasida 3-oʻrinni egalladi,
– Najniddinov Kamoliddin Rotax Max toifasida uchinchi boʻlib marraga yetib keldi,
– Hamrayev Amir esa OK-J toifasida 4-oʻrinni egalladi.
Mazkur bosqich sportchilar uchun xalqaro maydonda tajriba orttirish va oʻzaro tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.