Karting-slalom va avtoslalom bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining IV-bosqichi o‘tkazildi
Karting-slalom va avtoslalom bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining IV-bosqichi o‘tkazildi
Toshkent shahrida karting-slalom va avtoslalom (djimxana) bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2026-yilgi IV-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Karting-slalom bahslarida “Kadetlar” toifasida Anvar Mahmudov g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Arsеniy Glova ikkinchi, Iskandar Abdumajitov uchinchi o‘rinni egalladi. “Senyorlar” toifasida Kamoliddin Najmiddinov birinchi, Mixail Kutuzov ikkinchi, Nikolay Girda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Avtoslalomning MONO klassida Dilshod Yusupov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sardor Toshxo‘jayev ikkinchi, Alim Ahmadjonov uchinchi o‘rinni egalladi. MONO LADY ayollar bahsida Samina Ahmadjonova birinchi, Sabina Yusupova ikkinchi, Oksana Glova uchinchi bo‘ldi.
Musobaqalar O‘zbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi (UZMAMF) taqvim-rejasi asosida tashkil etilib, avtosportni rivojlantirish va sportchilarning mahoratini oshirishga xizmat qildi.