locale OZ

Karting bo‘yicha O‘zbekiston ochiq turnirining III bosqichi yakunlandi

П‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karting bo‘yicha O‘zbekiston ochiq turnirining III bosqichi yakunlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkent shahridagi “Rohat” kartodromida “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan karting bo‘yicha O‘zbekiston ochiq turnirining III bosqich musobaqasi o‘tkazildi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan 60 nafardan ziyod sportchi “Mikro”, “Mini”, “Super mini”, “125 KADET”, “KZ”, “KF-OK”, “Patriot” (T4) va “Patriot” (U) sinflarida bellashdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, “Mini” sinfida Kirill Konyuxov (Toshkent shahri), “Mikro”da Muhammadamin Azizov (Toshkent shahri), “125 KADET”da Daniil Shevsov (Toshkent shahri), “Super mini”da Matvey Mochalkin (Sirdaryo viloyati), “KF-OK”da Artyom Usheka (Toshkent viloyati), “KZ”da Ayder Haydarov (Toshkent viloyati), “Patriot” (T4)da Daniil Alimov (Toshkent shahri), “Patriot” (U)da Jobir Rahmatullayev (Namangan viloyati) birinchi o‘rinni egalladi.

Jamoaviy hisobda Toshkent shahri jamoasi birinchi, Toshkent viloyati jamoasi ikkinchi, Namangan viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar “Vatanparvar” tashkilotining diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting