locale OZ

Karatechilarimiz «Uzbekistan Open» turnirida 128 ta medal jamgʻarishdi

Turnirda 450 nafar sportchi qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karatechilarimiz «Uzbekistan Open» turnirida 128 ta medal jamgʻarishdi
Фото: Olympic.uz

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Open” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Mukofot jamgʻarmasi 10 400 AQSh dollarini tashkil etgan turnirda Oʻzbekiston, Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston, Rossiya va Tojikistondan 450 nafar sportchi qatnashdi.

Turli yosh toifalarida kechgan bellashuvlarda atletlarimiz 34 ta oltin, 40 ta kumush va 54 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun joriy yil oʻtkaziladigan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari oldidan asosiy va zaxira sportchilarini shakllantirib olish imkoniyatini taqdim etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting