Karate. Chempionlarga Prezident sovg’alari topshirildi
Poytaxtimizdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Jahon chempionatlari g’olib hamda sovrindorlari taqdirlandi. Sportchilar hamda ularning murabbiylariga davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.
Xususan, sportimiz tarixida ilk bor karate WKF bo’yicha jahon chempioni bo’lgan (ayollar o’rtasida) Gulshan Alimardonovaga BYD song plus avtomobili hamda 15.000$ pul mukofoti, mazkur jahon chempionatida bronza medalini qo’lga kiritgan Abdul Vahhob Rashidovga esa 3.750$ miqdoridagi pul mukofoti berildi. Shuningdek terma jamoa bosh murabbiyi Sulaymon Yusupovga jami 8.750$ miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
Erishilgan natijalar yurtimizda sportga qaratilgan yuksak e’tiborning mevasidir. Shu bilan bir qatorda O’zbekiston Karate WKF assotsiatsiyasining faoliyati to’g’ri yo’lga qo’yilganidan dalolat.