locale OZ

Karate bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida 19 ta medal!

Bishkekda o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi kunida kattalar terma jamoasi yuqori natijalar qayd etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sportning karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha “Championships-2025” Markaziy Osiyo chempionati qizg‘in tarzda davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida kattalar terma jamoamiz a’zolari ham tatamiga chiqishdi va yuqori mahorat namoyon etishdi. O‘ta murosasiz va jangovar ruhda kechgan bellashuvlarda sportchilarimiz jami 19 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ushbu natija terma jamoamizning umumiy hisobida muhim o‘rin tutib, karate bo‘yicha yurtimizdagi tayyorgarlik darajasi va sportchilarimizning salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Chempionat doirasida bellashuvlar bir necha yosh toifalarida o‘tkazilmoqda bo‘lib, unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yoshlar, o‘smirlar va kattalar jamoalari faol ishtirok etmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting