Kamondan va para kamondan otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasiga start berildi
Musobaqa 27 sentyabr sanasigacha davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Farg‘ona viloyati futbol maktabida kamondan va para kamondan otish sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalarida O‘zbekiston kubogi musobaqalariga tantanali start berildi
Mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning turli hududlaridan yetib kelgan tajribali sportchilar va yosh iste’dod egalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.
Musobaqalar quyidagi masofalarda tashkil etilgan:
70 metr – kattalar (erkaklar va ayollar), yoshlar (o‘g‘il va qizlar);
60 metr – o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar);
30 metr – kichik o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar).
Bellashuvlar 27 sentyabr kuniga qadar davom etib, eng kuchli sportchilar aniqlanadi va ular O‘zbekiston kubogi sovrindorlari sifatida taqdirlanadilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist