locale OZ

Kamondan otish. Xorazm viloyatida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi

Umumjamoaviy hisobda Toshkent shahri jamoasi mutlaq g‘olib deb topildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish. Xorazm viloyatida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi
photo: kamondan otish

Xorazm viloyatida barcha yosh toifalari o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mamlakatimizning eng kuchli kamonchilari yakka, jamoaviy va mikst yo‘nalishlarida o‘z g‘olib va sovrindorlarini aniqladilar.

Taqdirlash marosimida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Sport vazirligi, shuningdek O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi rahbarlari ishtirok etdilar.

Umumjamoaviy hisobda Toshkent shahri jamoasi mutlaq g‘olib deb topildi.

Farg‘ona viloyati sportchisi Malika Anvarjanova uchun musobaqa ikki karra g‘alaba bilan yakunlandi: ayollar o‘rtasida olimpiya raundida va 18+18 mashqida 1-o‘rin.

Navoiy viloyati vakili O‘tkirjon Xoshimov esa erkaklar o‘rtasida olimpiya raundi g‘olibi bo‘ldi.

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari — Rustambek Yo‘ldoshboyev va Asilzoda Raximova bir nechta yo‘nalishlarda: yosh toifalari o‘rtasidagi yakka musobaqalar, mikst va jamoaviy bellashuvlarda chempionlikni qo‘lga kiritdilar.

Samarqandlik Biloliddin Xamdamov o‘smirlar o‘rtasida olimpiya raundida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, musobaqa natijlariga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogining sohibi — Toshkent jamoasi. 2-o‘rin — Farg‘ona viloyati, 3-o‘rin — Navoiy viloyati jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar yarqin chiqishlari hamda kamondan otish sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun tabriklandi va minnatdorchilik bildirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting