Kamondan otish. Termizda rektor kubogi bo'lib o'tdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Sportning kamondan otish turi bo‘yicha kattalar, yoshlar, o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida “Termiz davlat universiteti rektori kubogi” bo‘lib o'tdi
Musobaqa Xalqaro kamondan otish federatsiyasi talab va ko‘rsatmalari hamda kamondan otish bo‘yicha musobaqa qoidalari asosida 30 va 60 metr masofadan nishonga otish bo‘yicha Termiz davlat universiteti sport maydonida o‘tkazildi.

Turnirda jami 92 nafar universitet talabalari, 27 nafar kamondan otish sport turi bilan shug‘ullanayotgan viloyat sport klublari, sport maktablari hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kamonchi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Chempionat g‘oliblarining 9 nafari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor