locale OZ

Kamondan otish sportni rivojlantirish va yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda

G‘olib va sovrindorlar boshqarma rahbari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish sportni rivojlantirish va yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda
photo: kamondan otish

Kamondan otish sportni rivojlantirish va yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizning turli hududlarida kamondan otish sport turini rivojlantirish va ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sport hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha faol ishlar davom etmoqda. Ushbu faoliyat tizimli va muntazam ravishda O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Xiva shahrida gvardiyachilar va yoshlar ishtirokida kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Dars davomida mutaxassislar xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berishdi. So‘ngra ishtirokchilar o‘z bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida, 15-sonli “Jasorat maktabi”da kamondan otish bo‘yicha to‘garak ochildi. To‘garakning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish va yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdir. Tadbirda o‘quvchilarga ushbu sport turi haqida ma’lumot berdi va ularning kamondan otishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Jizzax viloyatida esa kamondan otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Tadbir Jizzax harbiy prokuraturasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilib, unda talaba yoshlar hamda Milliy gvardiyaga biriktirilgan, otaliqqa olingan yoshlar ishtirok etdilar. Musobaqa avvalida so‘zga chiqqanlar ushbu sport turining tarixi, bugungi yutuqlar haqida so‘zlab, ishtirokchilarga omad tiladilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
birinchi o‘rinni — Jizzax davlat politexnika instituti,
ikkinchi o‘rinni — O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali,
uchinchi o‘rinni esa Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari qo‘lga kiritdilar.
G‘olib va sovrindorlar boshqarma rahbari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi va Milliy gvardiya hamkorligida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy va sport ishlarining muhim qismiga aylanmoqda. Ular nafaqat ushbu sport turini rivojlantirishga, balki yosh avlod orasida vatanparvarlik, intizom, irodalilik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting