Kamondan otish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi yakunlandi
Nukus shahrida joylashgan "Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi"da sportning Kamondan otish turi bo‘yicha barcha yosh toifalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi musobaqasiga start berilgan edi.
Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar-tumanlaridan jami yuz nafardan ortiq kamonchi-sportchilar ishtirok etdi. Har bir yosh toifasi bo‘yicha qatnashchilar belgilangan masofadan kamondan otib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Musobaqaning taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibayev, O‘zbekiston Kamondan o‘q otish federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi M.Yusupovlar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni muvaffaqiyatli g‘alabalari bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda omad tilab, yanada yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolishdi.
Musobaqa so‘ngida faxrli o‘rinni egallagan sportchilar diplom, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali taqdirlandilar.