locale OZ

Kamondan otish. O‘quvchi yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish. O‘quvchi yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash, milliy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan qadimiy kamondan otish sport turini mamlakatimizda rivojlantirish hamda milliy terma jamoamiz saflariga mahoratli sportchilarni saralab olish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat sport boshqarmasi hamkorligida yoshlarni qadimiy sport turlarimizdan biri bo‘lgan kamondan otish tarixi bilan yaqindan tanishtirish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Jasorat maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mashgʻulot davomida murabbiylar tomonidan mazkur sport turi haqida batafsil maʼlumot berilib, ushbu sport turining sir-asrorlari, moʻljalga olish, otish tartiblari xususida tushunchalar berildi hamda ularning amaliy ko‘nikmalari oshirildi.

Bu kabi mahorat darslarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarimiz orasida kamondan otish sport turini keng ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting