locale OZ

Kamondan otish. Fargʻonada kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston kubogiga start berildi

Bellashuvlar 27 sentyabrga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish. Fargʻonada kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston kubogiga start berildi
photo: kamondan otish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati mezbonligida “Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston kubogi” musobaqasi boshlandi.

Turnirda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan yetib kelgan tajribali sportchilar va yosh isteʼdodlar gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashmoqda. Bellashuvlar yuqori ruhda, keskin raqobat sharoitida oʻtmoqda.

Bellashuvlar 27 sentyabrga qadar davom etadi. Musobaqa yakunlari boʻyicha eng kuchli sportchilar “Oʻzbekiston kubogi” gʻolibi va sovrindori sifatida munosib taqdirlanishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting