locale OZ

Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Dakkada o'tkazilayotgan 24-Osiyo chempionatida ilk bor sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

Final bahsida esa O‘zbekiston dueti Xitoy Taybeyi terma jamoasi bilan kuch sinashib, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Dakkada o'tkazilayotgan 24-Osiyo chempionatida ilk bor sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
photo: kamondan otish

Bangladeshning Dakka shahrida bo‘lib o‘tgan 24-Osiyo chempionatida yurtimiz kamonchilari tarixiy yutuqqa erishib, yuqori professionallik, matonat va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini yorqin namoyon etdilar.

Aralash juftlik bahslarida Parij Olimpiadasi ishtirokchilari — Amirxon Sodiqov va Ziyoda Abdusattorova ajoyib natija qayd etdilar. Ular keskin kechgan yarim finalda amaldagi Parij-2024 Olimpiya chempionlari — Janubiy Koreya jamoasini mag‘lub etib, O‘zbekiston kamondan otish tarixida mislsiz sahifani ochdilar. Bu g‘alaba jamoamizning dunyoning yetakchi terma jamoalari bilan tengma-teng bellasha olishini isbotladi.

Final bahsida esa O‘zbekiston dueti Xitoy Taybeyi terma jamoasi bilan kuch sinashib, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, ular mamlakatimiz tarixida ilk bor aralash juftlik yo‘nalishida Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldilar.

Musobaqaning yana bir tarixiy onlari erkaklar terma jamoasiga nasib etdi — ular ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda vakillarimiz qat’iyat va ishonch bilan Qozog‘iston jamoasini mag‘lub etdilar.

Ayollar terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, katta iroda va mahorat ko‘rsatdi. Ular bronza medali uchun bahsda Malayziya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, umumiy hisobda to‘rtinchi o‘rinni egalladilar.

Dakkadagi muvaffaqiyatlar terma jamoamiz uchun muhim bosqich bo‘lib, sportchilarimizga 2028-yilda Los-Anjelesda bo'lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun zarur reyting ochkolarini taqdim etdi.

O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasiga sportchilarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.

Sportchilar, murabbiylar va davlat tashkilotlarining bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi tufayli O‘zbekiston xalqaro arenada tobora yangi marralarni zabt etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting