locale OZ

Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi III MDH Yoshlar o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga aniq nishon va muvaffaqiyat tilaymiz
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi III MDH Yoshlar o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
photo: kamondan otish

O‘zbekistonning kamondan otish bo‘yicha milliy terma jamoasi III Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Yoshlar o‘yinlarida ishtirok etish maqsadida Ozarbayjonga jo‘nab ketdi. Mazkur sport turi bo‘yicha musobaqalar 2025 yilgi o‘yinlarning asosiy markazlaridan biri — Gyandja shahrida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibida murabbiylar — Zakirijon G‘afurov va Ergashbek Azamov, sportchilar — Nilufar Hamroyeva, Bibixojar Yuldasheva, Malikaxon Anvarjonova, Bekzod Boborajabov, Muhammadali Karimberdiyev va Tigran Esanov.

Jamoa xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishga puxta tayyorgarlik ko‘rgan va g‘alaba uchun qat’iy intizom bilan harakat qilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga aniq nishon va muvaffaqiyat tilaymiz! Har bir o‘q – nishonga, har bir harakat – yurt sharafiga xizmat qilsin!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting