locale OZ

Kamondan o‘tish bo‘yicha hududiy bosqichlardan – O‘zbekiston chempionatiga

Final bellashuvlari individual va aralash yo‘nalishlarda, turli masofalarda o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan o‘tish bo‘yicha hududiy bosqichlardan – O‘zbekiston chempionatiga
Photo: gettyimages

Yurtimizda kamondan va parakamondan o‘tish bo‘yicha hududiy musobaqalar qizg‘in tus olgan. Ushbu bellashuvlar joriy yilning 22–27-sentabr kunlari Farg‘ona viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston chempionati uchun saralash bosqichi sifatida tashkil etilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati, Toshkent shahri hamda boshqa hududlarda o‘tkazilgan viloyat va shahar birinchiliklarida barcha yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etishdi. Final bellashuvlari individual va aralash yo‘nalishlarda, turli masofalarda o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar o‘z hududlari sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi hamda diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

Yildan-yilga kamondan o‘tish sport turi yoshlar orasida keng ommalashmoqda. Bu esa O‘zbekiston Kamondan o‘tish federatsiyasi hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar samarasidir.

Maktablar, mahallalar va sport maktablarida muntazam ravishda mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, Termiz shahrida tashkil etilgan “Vatanparvarlik” aksiyasi e’tiborga molik bo‘lib, yuzlab yoshlar ochiq mashg‘ulotlar va ko‘rgazmali chiqishlar orqali ushbu sport turi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bunday faol targ‘ibot va ommalashtirish ishlari natijasida kamondan o‘tish bo‘yicha to‘garaklar soni ortib bormoqda, ushbu sport bilan shug‘ullanuvchilar safi esa izchil kengaymoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting