locale OZ

Kamondan otish. Aniqlik, an'analar va yoshlar haqida

Bunday mahorat darslari yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish. Aniqlik, an'analar va yoshlar haqida
photo: kamondan otish

Yosh avlod o‘rtasida kamondan otish sport turini ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari Kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari, sport markazlari va harbiy qismlarda mahorat darslarini tashkil etmoqda.

Jumladan, Chirchiq shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari tomonidan “Yuksalish” maktabi tarbiyalanuvchilari uchun faol dam olish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Kamondan otish bo‘yicha mahorat darslarini sport ustalari va malakali sportchilar olib borib, ular otish texnikasi hamda aniqlik asoslarini amaliy tarzda namoyish etdilar.

Namangan viloyatida esa Milliy gvardiya boshqarmasi ofitserlari Davlatobod tumanida joylashgan 56-maktabning kamondan otish maydonchasida Namangan davlat universiteti talabalari uchun mahorat darsini tashkil etdilar. Tadbir ishtirokchilari ushbu sport turining tarixi va rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot oldilar hamda amaliy mashg‘ulotlarda o‘z kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, Jizzax viloyatida ham shunga o‘xshash tadbir bo‘lib o‘tdi. Milliy gvardiya boshqarmasida tashkil etilgan mahorat darsida harbiy xizmatchilar ishtirok etib, ularga kamondan otishning nozik jihatlari, nishonga olish va o‘q otish qoidalari tushuntirildi. Mashg‘ulotlarning amaliy qismida esa muddatli harbiy xizmatchilar katta qiziqish bilan qatnashdilar.

Bunday mahorat darslari yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, kelgusida yurtimiz sharafini nufuzli sport maydonlarida munosib himoya qila oladigan iqtidorli kamondan otuvchilarni aniqlashga ham zamin yaratmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting