Kamonchlarimiz Jahon kubogida qatnashish uchun Turkiyaga jo'nab ketdi
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida kamondan otish bo'yicha Jahon kubogining 3-bosqichi start oladi. Musobaqa 8 iyunga qadar davom etadi. Dunyoning 44 davlatidan 424 nafar eng kuchli merganlari g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston sharafini Amirxon Sodiqov, Shohjaxon Abdulhamidov, Bekzod Boborajabov, Ziyodaxon Abdusattorova, Nilyufar Hamroyeva, Jasmina Nurmanovalar himoya qiladi. Jamoamiz murabbiylari Ergashbek Azamov, xorijlik murabbiy Kim Myungsyon va texnik murabbiy Munira Nurmanovalar.
Shuni ta’kidlash joizki, bu safar musobaqa yangi Jahon kamondan otish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi, agar u muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilsa, 2026 yildan boshlab qabul qilinadi.
Qanday o'zgarishlar:
-Murakkab va klassik kamon uchun 60 ta o‘q. Saralash uzluksiz olib boriladi; bir qatorda 6 ta otish.
- X o'rniga 11 yoziladi. O’q tekkan teshiklar 11, 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1, M deb yoziladi.
- Murakkab va klassik kamon uchun maksimal ball soni - 660.