Kamonchilarimiz Antaliyaga yetib bordi


Kamondan otish boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoasi Yevropa Gran-pri turnirida ishtirok etish uchun Antaliya shahriga yetib bordi
Bugun Toshkent xalqaro aeroportidan kamondan otish boʼyicha milliy terma jamoamiz 21-28 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida boʼlib oʼtadigan Yevropa Gran-pri musobaqasida ishtirok etish uchun uchib ketdi.
Nufuzli xalqaro turnirda 24 davlatdan 145 nafar eng kuchli sportchilar ishtirok etadi. Kamonchilarimiz Аntaliya shahriga yetib kelgach, qisqa dam olishdan soʼng kvalifikatsion raund bahslariga tayyorgarlik koʼrishni boshlab yuborishdi. Kamonchilarni bosh murabbiy Sodiqov Jamshid, xorijiy murabbiy Kim Myungsyon va texnik murabbiy Munira Nurmanovalar tayyorlamoqda.
Milliy terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:
Erkaklar:
1. Sodiqov Amirxon.
2. Abdulxamidov Shoxjaxon.
3. Saidaminov Rahmatillo.
4. Najmiddinov Bexruz.
Аyollar:
1. Abdusattorova Ziyodaxon.
2. Hamroyeva Nilufar.
3. Nurmanova Jasmina.
4. Ergashova Omina.
Merganlarimizga boʼlajak bahslarda omad, kuch va ulkan zafarlar tilaymiz!

Futbol
Kecha da 17:06

Futbol
Kecha da 14:13

Futbol
Kecha da 13:19