Kamoliddin Tojiyev: O‘tkazilgan gollarda o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik
"Dinamo" bilan kechgan gollarga boy bellashuvdan keyin Paxtakor bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Paxtakor FK
"Dinamo" bilan kechgan gollarga boy bellashuvdan keyin Paxtakor bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
“O‘yinni tezkor gollar bilan boshladik, biroq xotirjamlikka berilganimiz sababli xuddi shunday tez gollar o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda uchinchi to‘pni kiritganimiz bahsni o‘zgartirib yubordi. Keyin yana vaziyatlar yaratdik va uchrashuv taqdirini hal qildik.
O‘tkazilgan gollarda o‘zimiz xatoga yo‘l qo‘ydik. Xatolarni tahlil qilib chiqamiz. Yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi, ularga rahmat aytaman”,-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor