Kamaru Usmonning akasi UFC roʻyxatidan oʻchirildi
Uning qonida taqiqlangan modda aniqlangan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usmanning akasi, 36 yoshli nigeriyalik jangchi Muhammad Usman Dana Uayt promoushenidan chetlatildi.
«Ultimate Fighter» shousi g‘olibi hisoblangan Muhammad UFC’dagi faoliyati davomida to‘rtta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan edi. Biroq joriy yilning yanvar oyida Usmanning qonida testosteron va taqiqlangan BPC-157 peptidi aniqlangani sababli, u antidoping siyosatiga muvofiq 30 oyga sportdan chetlatilgani ma’lum bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, U o‘zining so‘nggi jangida Valter Uokerga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi, ammo doping-test ijobiy natija bergani sababli mazkur to‘qnashuv bekor qilindi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist