locale OZ

Joriy yilning 22-25 may kunlari Nukus shahridagi amfiteatrda kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogi bo'lib o'tadi

So’zga chiqqanlar ushbu nufuzli musobaqa ilk bor o’tkazilayotganini e’tirof etar ekan xorijdan kelgan sportchilarga halol bellashuvlarda omad tiladilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Joriy yilning 22-25 may kunlari Nukus shahridagi amfiteatrda kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogi bo'lib o'tadi
photo: Kurash Uzbekistan

Bugun ushbu nufuzli musobaqa oldidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Prokurori o’rinbosari To’lqin Nurmetov, O’zbekiston Kurash federatsiyasi raisi o’rinbosari Uyg’un Umarov, IKA direktori Ravi Kapur hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibayev, kurash murabbiylari, hakamlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

So’zga chiqqanlar ushbu nufuzli musobaqa ilk bor o’tkazilayotganini e’tirof etar ekan xorijdan kelgan sportchilarga halol bellashuvlarda omad tiladilar.

Ta’kidlanganidek, mazkur musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Singapur hamda Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan jami 100 nafardan ortiq kurashchi ishtirok etadi.

Shuningdek, bugun musobaqa Mandat komissiyasi yig’ilishi hamda kurashchilarning vazn o’lchash marosimi ham bo’lib o’tdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting