Jonbibi Hukmova Osiyo chempionatida ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi
Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilayotgan yengil atletika boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining bugungi kuni ham terma jamoamiz uchun mavaffaqiyatli yakunlandi. Atletlarimiz ushbu kun 1 tadan oltin va kumush medallariga egalik qilishdi.
800 metr masofadagi bahslarda zafar quchgan Jonbibi Hukmova 400 metr (51,19 soniya) masofada ham tengsizligini isbotlab, musobaqadagi ikkinchi oltin medalini rasmiylashtirdi. Shuningdek, 400 metrga toʻsiqlar osha yugurish dasturida Nurxon Ochilova (57,99 soniya) kumush medal bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, 3-kundan keyin delegatsiyamiz 3 ta oltin va 4 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida Xitoy hamda Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinda ketmoqda.
Bugungacha gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz:
Oltin medal:
— Jonbibi Hukmova (400 metr)
— Jonbibi Hukmova (800 metr)
— Valeriya Gorbatova (balandlikka sakrash)
Kumush medal:
— Nurxon Ochilova (400 metr, toʻsiqlar osha)
— Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
— Ayyubxon Fayozov (bosqon uloqtirish)
— Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash)