locale OZ

Jon Jons Oq uyda Aleks Pereyra bilan jang qilmoqchi

Sobiq chempion 2024 yilda faoliyatini yakunlagandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jon Jons Oq uyda Aleks Pereyra bilan jang qilmoqchi
FOTO: Getty Images

Ogʻir va yarimog‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, 38 yoshli Jon Jons yarimog'ir vazn toifasida amaldagi chempion Aleks Pereyragani jangga chorladi.

Jonsning soʻzlariga koʻra, bu chaqiriq Oq uyda ham boʻlishi mumkin.

«Aleks, men Oq uyda oʻz mahoratimning yuqori darajasini namoyish etishdan mamnun boʻlardim. Seni hurmat qilaman. Qani, kel, raqsga tushaylik», — deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Pereyra oʻzining soʻnggi janggini Magomed Ankalayevga qarshi oʻtkazib, texnik nokaut orqali gʻalaba qozongan va chempionlik kamarini qaytarib olgandi.

Jon Jons esa 2008 yildan 2024 yilga qadar professional darajada jang oʻtkazgan va 28 ta gʻalaba, 1 magʻlubiyat qayd etgan. Yana bir jang oʻtkazilmagan deb topilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting