locale OZ

Jon Jons faoliyatidagi eng qiyin uchta jang haqida gapirdi

Amerikalik jangchi yarim ogʻir va ogʻir vaznda sobiq UFC chempioni hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jon Jons faoliyatidagi eng qiyin uchta jang haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Yarim ogʻir (93 kg gacha) va ogʻir (120 kg gacha) vazn toifalarida UFC sobiq chempioni, 38 yoshli amerikalik Jon Jons «ALF Global» YouTube-kanaliga bergan intervyusida aralash yakkakurashlardagi faoliyati davomida kimlarni eng qiyin raqiblari deb hisoblashini aytdi.

Jon Jons faoliyatidagi eng qiyin top-3 raqib:

  1. Aleksandr Gustafsson
  2. Dominik Reyes
  3. Daniel Korme

«Suyakdor» laqabi bilan tanilgan jangchi 2008 yildan 2024 yilgacha professional darajada janglar oʻtkazgan. Uning hisobida 28 ta gʻalaba va bitta magʻlubiyat bor, yana bir jang esa oʻtkazilmagan deb topilgan. Sportchi koʻplab tahlilchilar tomonidan aralash yakkakurashlar tarixidagi eng buyuk jangchi sifatida eʼtirof etiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting