locale OZ

Jon Jons Dana Uayt va Aleks Pereyrani masxara qildi

Pereyra soʻnggi jangida magʻlub boʻlgandi.
Boshqa sport turlari
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Jon Jons Dana Uayt va Aleks Pereyrani masxara qildi
FOTO: Getty Images

Yarim og‘ir va og‘ir vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, amerikalik Jon Jons tashkilot prezidenti Dana Uaytning fikrlari ustidan piching qildi. Avvalroq Uayt agar braziliyalik Aleks Pereyra fransiyalik Siril Ganni mag‘lub etib, 120 kg gacha bo‘lgan vaznda UFC vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritsa, MMA tarixidagi eng buyuk jangchiga aylanishi mumkinligini istisno etmagan edi. Jons o‘z postida ularning nomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olmadi.

«Meni MMA tarixidagi eng buyuk jangchi taxtidan tushirish uchun sizda yetarlicha mehnatsevarlik, xohish, ishonch va maqsad sari intilish bor deb o‘ylaysizmi? Xo‘sh, barchangizga omad tilayman», — deb yozdi Jons X ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida. Biroq keyinchalik Jon ushbu xabarni o‘chirib tashladi.

«Suyakdor» (Bones) taxallusi bilan tanilgan jangchi professional darajada 2008-yildan 2024-yilga qadar faoliyat olib borgan. Uning hisobida 28 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor, yana bir jang esa o‘tkazilmagan deb topilgan. Sportchi ko‘plab ekspert va tahlilchilar tomonidan aralash jang san’atlari (MMA) tarixidagi eng buyuk jangchi sifatida e’tirof etiladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting