JK bosqichida spagachi qilichbozimizdan navbatdagi yutuq
Joriy hafta davomida dunyo bo‘ylab yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik Uzbekistan
Joriy hafta davomida dunyo bo‘ylab yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, shpaga yo‘nalishida yigitlar o‘rtasidagi bahslarga poytaxtimiz Toshkent mezbonlik qilmoqda.
Bugun o‘tkazilgan yakkalik dasturidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi yana bir yutuqqa erishdi. Iqtidorli sportchimiz Kamron Ismoilov yarim finalgacha yetib borib, musobaqani bronza medal bilan yakunladi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Yakuniy natijalar:
1 Kirill Prokhodov (Qozog‘iston)
2 Chen Bing-Jyun (Xitoy Taypeyi)
3 Eslam Osama (Misr)
3 Kamron Ismoilov (O‘zbekiston)
Ibrohim Jalolov
Redaktor