locale OZ

Jizzaxda U-14 velosport boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzaxda U-14 velosport boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan, joriy yilning 2-5-may kunlari Jizzax viloyatida shossey velosport boʻyicha kichik oʻsmirlar (oʻgʻil va qiz bolalar, U-14 toifasi) oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan yetuk murabbiylar tayyorlagan iqtidorli yosh velosportchilar faol ishtirok etmoqda. Ular gʻalaba uchun kurash olib borish bilan birga, kelajak yulduzlarini namoyon etishga harakat qilishmoqda.

Jamoaviy miks poygasida 20 km masofaga, Toshkent shahridan ishtirok etgan sportchilarimiz Shoakmalov Shoakmal, Badalov Sardor, Abdusaidov Abdusobit, Karimova Imrona, Sailxanova Karina va Georgadaki Nika - 32 daqiqa 06 soniya natija bilan 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Bundan tashqari, kichik yosh toifasidagi jamoamiz 10 km masofada 14 daqiqa 29 soniya koʻrsatkich bilan kunning eng yaxshi natijasini qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Kecha boʻlib oʻtgan 15 km yakka masofadagi musobaqada esa:

1-oʻrin - Toshkent viloyati,
2-oʻrin - Samarqand viloyati,
3-oʻrin - Toshkent shahridan Shoakmalov Shoakmal hisobiga yozildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting