Jizzaxda sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi "Oqtosh-ota" MFY hududida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchi yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda viloyat prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi rahbari, Milliy Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limi ijrochi direktori hamda soha mas’ullari qatnashib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida sportchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, yoshlarning kelgusida ham jahon arenalarida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishlari, davlat bayrog‘ini baland ko‘tarishlari alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida Jizzaxda yanada ko‘plab iqtidorli sportchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirilib, barcha sportchi yoshlarga kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar tilandi.