locale OZ

Jizzax viloyatida sportni rivojlantirish maqsadida mas’ullar ishtirokida o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi

Sport natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzax viloyatida sportni rivojlantirish maqsadida mas’ullar ishtirokida o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi
Фото: Спорт вазирлиги

Sport vazirligi Ijro apparati rahbari Bobur Hamrayev tomonidan boshqa sport mas'ullari bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida oʻrganish ishlari amalga oshirildi.

Xizmat safari davomida “Prezident olimpiadasi” musobaqalarining birinchi bosqichi jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Bobur Hamrayev viloyatining Mirzacho‘l hamda Do‘stlik tumanlaridagi sport maktablarida bo‘lib, u yerda sportchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida sport maktablari xodimlari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Mutasaddilar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimni yanada takomillashtirish hamda sport sohasida samaradorlikni oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, Do‘stlik tumani sport maktabida tashkil etilgan "Sihat Shifo" reabilitatsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Salomatlik markazining sportchilar hamda aholini sog‘lomlashtirish uchun muhim ekanligini takidlab o‘tdi.

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sport natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting