locale OZ

Jizzax viloyatida qilichbozlik bo‘yicha “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining II bosqichi o'tkazildi

Mazkur musobaqada dastlab o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida yosh qilichbozlar sportning sablya yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzax viloyatida qilichbozlik bo‘yicha “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining II bosqichi o'tkazildi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Jizzax viloyatida qilichbozlik bo‘yicha “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining II bosqichi — “Hokim Olimpiadasi” bellashuvlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur musobaqada dastlab o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida yosh qilichbozlar sportning sablya yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashdilar. Bahslar murosasiz va qiziqarli ruhda kechib, ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Qilichbozlikning dastlabki sablya yo'nalishi bahslari yakuniga ko'ra:

O’g’il bolalar o'rtasidagi bahslarda:
I-o'rinni Shakarov Ro'zimurod
II-o'rinni Toshpo'latov Nuriddin
III-o'rinni Jo'rayev Bekjohon hamda Saydiyev Abdulla egallagan bo'lsa,

Qiz bolalar o'rtasidagi bahslarda:


I-o'rinni Qarshiboyeva Mohinur
II-o'rinni Yaxshilikova Bonu
III-o'rinni Abdumalikova Intizor hamda Karimova Lobar qo'lga kiritdi.


Sablya yo'nalishi natijalarga ko‘ra, musobaqa g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandilar.

Musobaqaning Rapira hamda Shpaga yo'nalishlaridagi bahslar davom etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting