locale OZ

Jizzax viloyatida “Prezident olimpiadasi”ning ikkinchi bosqichi — “Hokim olimpiadasi” musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi

Bellashuvlar davomida sportchilar yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun bor mahorat va imkoniyatlarini ishga soldilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzax viloyatida “Prezident olimpiadasi”ning ikkinchi bosqichi — “Hokim olimpiadasi” musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi
photo: Og'ir atletika

Jizzax viloyatida “Prezident olimpiadasi”ning ikkinchi bosqichi — “Hokim olimpiadasi” musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Prezident olimpiadasi”ning ikkinchi bosqichi hisoblangan “Hokim olimpiadasi” musobaqalari ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Ana shunday nufuzli bellashuvlardan biri bugun, 26-may kuni Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ham bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda ishtirok etgan yosh atletlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, matonati hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etdilar. Dast va siltab ko‘tarish yo‘nalishlarida kechgan bahslar keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Bellashuvlar davomida sportchilar yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun bor mahorat va imkoniyatlarini ishga soldilar. Yakunda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ishtirokchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting