Jizzax viloyati Zomin tumanida “VI - Bolalar velomarafoni” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida “VI-Bolalar velomarafoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu velomarafonda Jizzax viloyatining turli tumanlaridan kelgan bolalar faol ishtirok etdi.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bolalarda sportga mehr uyg‘otish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Marafonda turli bog‘chalardan tashrif buyurgan tarbiyalanuvchilar o‘zlarining rang-barang velosipedlari bilan qatnashmoqda.
Velomarafon doirasida sport musobaqalari, bolalar chiqishlari va madaniy-ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilmoqda. Tadbir ishtirokchilari va ularning ota-onalari uchun haqiqiy bayram kayfiyati yaratilgan.