locale OZ

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yangidan qurilgan zamonaviy Dzyudo zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yangidan qurilgan zamonaviy Dzyudo zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, tuman hokimi Husan Abduvohidov hamda dzyudo bo'yicha olimpiya o'yinlari, Jahon va Osiyo o'yinlari chempion hamda sovrindorlari ishtirok etishdi.

Ushbu zal zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bunyod etilgan bo‘lib, erkaklar va ayollar kiyinish xonalari, dush, avtonom isitish tizimi, mashq uskunalari, jahonda sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilarning tatamilari bilan jihozlangan.

Dzyudo zalining tantanali ochilish marosimida Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov so'zga chiqib, mazkur yangi inshoot bilan tuman aholisi va yoshlarni muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbir davomida Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov tomonidan yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida estalik sovg'alari ulashildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting