locale OZ

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

“Tashabbusli sport” loyihasi doirasida mahalla 1-o‘rinni qo‘lga kiritganligi munosabati bilan barpo etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Tumaning “Ko‘kbulok” mahallasida zamonaviy stritbol va vorkaut sport maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nuroniylar, yoshlar va mahalla aholisi faol ishtirok etdi. Ushbu maydoncha Sport vazirligi tomonidan “Tashabbusli sport” loyihasi doirasida mahalla 1-o‘rinni qo‘lga kiritganligi munosabati bilan barpo etildi.

Ochilish marosimi doirasida sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar ishtirokidagi qiziqarli chiqishlar tashkil etildi.

Yangi sport maydonchasi yoshlarni jismoniy faollikka undash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun muhim maskanga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting