locale OZ

Jizzax shahrida U-23 O’zbekiston chempionati start oldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzax shahrida U-23 O’zbekiston chempionati start oldi
PHOTO: Telegram


Bugun qadimiy va hamisha navqiron Jizzax shaxridagi “Kiber arena” sport majmuasi qilichbozlarni ko’tarinki ruhda qarshi oldi.


Boisi, joriy yil 21-26 aprel kunlari Jizzax shahrida qilichbozlik sporti sablya, rapira, shpaga yo‘nalishlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida U-23 O’zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqaning birinchi kunida sablya turi bo’yicha mamlakatimiz viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan 61 nafar sportchilar g‘oliblik uchun bahsga kirishishdi.

Yana bir ahamiyatli jixati, ushbu musobaqa doirasida qilichbozlik sportining har uch turi bo’yicha yosh hakamlar uchun ilmiy amaliy seminarlar ham tashkil etilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting