Javohir Sindorov «Nomzodlar turniri»ni gʻalaba bilan boshladi
Kiprda shaxmat boʻyicha jahon toji uchun saralash uchrashuvlari start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: UzChess
29 mart kuni Peyya (Kipr) shahrida «Nomzodlar turniri – 2026» bahslari boshlandi. Musobaqaning birinchi kunida shaxmatchilar dastlabki partiyalarni o‘tkazishdi. Quyida birinchi kungi o‘yinlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
Shaxmat. Nomzodlar turniri – 2026 (Kipr). 29 mart natijalari:
- Javohir Sindarov (O‘zbekiston) — Andrey Esipenko (Rossiya) — 1:0.
- Mattias Blyubaum (Germaniya) — Vey In (Xitoy) — 0,5 — 0,5
- Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) — Anish Giri (Niderlandiya) — 1:0.
- Fabiano Karuana (AQSH) — Hikaru Nakamura (AQSH) — 1:0.
Eslatib o‘tamiz, Nomzodlar turniri 28 martdan 16 aprelga qadar davom etadi. G‘olib shaxmatchi 70 000 yevro mukofot puli, shuningdek, qo‘lga kiritilgan har yarim ochko uchun qo‘shimcha 5000 yevro bonus bilan taqdirlanadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist