Javohir Sindorov Nomzodlar turniridagi gʻalabalar soni boʻyicha rekord oʻrnatdi
Hozirda oʻzbekistonlik grossmeyster turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida g‘alabalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Ayni paytda uning hisobida 6 ta g‘alaba mavjud — 2013 yilda turnirning zamonaviy formati joriy etilgandan buyon hali hech kim bir musobaqada bu qadar ko‘p g‘alaba qozonmagan edi.
O‘tkazilgan 10 ta partiyadan so‘ng Sindarov 8 ochko jamlagan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. U o‘zining so‘nggi g‘alabasini hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa ustidan qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi nomzodlar turniri 28 martdan 16 aprelga qadar Kiprning Peyya shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa g‘olibi amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan shaxmat toji uchun bahs olib boradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist