locale OZ

Javohir Sindorov Nakamura va Karuana ishtirokidagi nufuzli turnirda qatnashadi

Turnir tezkor shaxmat formatida tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Javohir Sindorov Nakamura va Karuana ishtirokidagi nufuzli turnirda qatnashadi
Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 27–29-oktabr kunlari AQShning Sent-Luis shahrida bo‘lib o‘tadigan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnirida ishtirok etadi.

Musobaqada Sindorov bilan birga dunyo shaxmatining yetakchi vakillari — amerikalik Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana, shuningdek, hindistonlik grossmeyster R Praggnanandhaa ham dona suradi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik shaxmatchi uch kun davomida yuqori saviyadagi raqiblarga qarshi bahs olib boradi.

Turnir tezkor shaxmat formatida tashkil etiladi. Ishtirokchilar jami 18 ta partiya o‘ynaydi. Har bir partiyada shaxmatchilarga 10 daqiqa asosiy vaqt beriladi va har bir yurishdan so‘ng yana 5 soniya qo‘shib boriladi.

Ma’lumot uchun, Clutch Chess formati hal qiluvchi partiyalarga yuqori qiymat berilishi bilan ajralib turadi. Bu esa turnirning so‘nggi bosqichlarida raqobatni yanada keskinlashtiradi va Sindorov uchun Nakamura, Karuana hamda Praggnanandhaa kabi kuchli grossmeysterlarga qarshi muhim sinov bo‘ladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting