Javohir Sindarovning Kibersport Jahon kubogi–2026 saralashida chorak final yo‘llanmasi uchun raqibi aniq bo‘ldi
Kecha bo'lib o'tgan saralash bahslaridan so'ng, Sina Movahhed va Daniil Dubov Chess.com Open turnirining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqich orqali E-sport bo‘yicha Jahon kubogi–2026 ishtirokchilari aniqlanadi.
15 yoshli GM Sina Movahhed 7.5/9 natija bilan g‘alaba qozonib, yo‘llanmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichda raqib sifatida Arjun Erigaisini tanladi.
Reglamentga ko‘ra esa, 2- va 3-o‘rin egalari o‘zaro qo‘shimcha bahs orqali ikkinchi yo‘llanmani aniqlashi kerak edi. Hal qiluvchi bahs Daniil Dubov va Fabiano Karuana o‘rtasida kechdi. Dubov ikkala partiyada ham g‘alaba qozonib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng u qiziq tanlov haqida gapirdi:
“Birinchi fikrim — ko‘p o‘ylamasdan Magnus Karlsenni tanlash edi. Lekin keyin Javohir Sindarovni tanladim.”
Endi esa oldinda — so‘nggi saralash bahslari bor. U 25-mart kuni bo‘lib o‘tadi va yana ikki nafar pley-off ishtirokchisini aniqlab beradi.