locale OZ

Javohir Sindarov — Tepe Sigeman 2025 chempioni!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Shvetsiyaning Malmö shahrida o'tkazilayotgan nufuzli Tepe Sigeman 2025 turnirida hamyurtimiz Javohir Sindarov g'alabaga erishdi!

Aylana tizimida tashkil etilgan ushbu musobaqada dunyoning taniqli grossmeysterlari qatorida Sindarov ham yuqori saviyada o'yin ko'rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Ushbu turnirda mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi sifatida ishtirok etgan Javohir 7 turlik bellashuvda 4,5 ochko to'pladi.

7-turda Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchuk bilan durang o'ynadi. Bu natija unga chempionlikni ta'minlash uchun yetarli bo'ldi. Chunki turkiyalik asosiy raqib — Yagiz Erdog'mus ham o'z uchrashuvida, niderlandiyalik Ervin L'Ami'ga qarshi durang qayd etdi.

Shu tariqa, Javohir Sindarov o'z faoliyatida yana bir muhim yutuqqa erishib, Tepe Sigeman 2025 musobaqasining rasmiy chempioniga aylandi!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting