locale OZ

Javohir Sindarov: Raqiblarimiz juda kuchli. Shunga qaramay Nodirbek bilan biz ham shu yerdamiz va chempionlikni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz

Suhbat davomida Freestyle Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasi ham tilga olindi. Javohir bu g'oyani katta qiziqish bilan qo‘llab-quvvatladi:
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Javohir Sindarov: Raqiblarimiz juda kuchli. Shunga qaramay Nodirbek bilan biz ham shu yerdamiz va chempionlikni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz
photo: Chess Uzbekistan

Javohir Sindarov: “Raqiblarimiz juda kuchli. Shunga qaramay, Nodirbek bilan biz ham shu yerdamiz va chempionlikni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz”

Freestyle Jahon Chempionati oldidan Javohir bilan suhbatlashdik. U turnir muhitini yuqori baholadi — ham tashkiliy tomondan, ham ishtirokchilar darajasi bo‘yicha. Lekin eng muhimi, u o‘ziga ishonmoqda.

Suhbat davomida Freestyle Osiyo chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasi ham tilga olindi. Javohir bu g'oyani katta qiziqish bilan qo‘llab-quvvatladi:

“Bu taklif menga juda yoqdi. Shu tariqa boshlab olsak, keyinchalik tezkor, hatto jamoaviy chempionatlarni ham o‘tkazishimiz mumkin. Umuman olganda, freestyle juda qiziq o‘yin. Odamlar buni tushunib olsa, klassik shaxmatda har doim ham ola olmaydigan hissiyotlarni oladi. G‘oya juda zo‘r — men xursand bo‘lardim.”

Yana bir muhim yangilik — yurtimizda ilk bor Freestyle bo'yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Javohir bu haqda xabardor ekanini aytib, freestyle’ning mamlakatimizda kelajagi borligini ta’kidladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting