locale OZ

Javohir Sindarov Global Chess League’da jamoa yetakchisi sifatida ishtirok etadi

Sindarov bu safar ilk bor Icon maqomida, ya’ni FYERS American Gambits jamoasining yetakchi shaxmatchisi sifatida dona suradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Javohir Sindarov Global Chess League’da jamoa yetakchisi sifatida ishtirok etadi
Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Bengaluruda bo‘lib o‘tadigan Global Chess League musobaqasining to‘rtinchi mavsumida ishtirok etadi. Sindarov bu safar ilk bor Icon maqomida, ya’ni FYERS American Gambits jamoasining yetakchi shaxmatchisi sifatida dona suradi.

Musobaqada jahon shaxmatining yetakchi vakillari ham qatnashadi. Xususan, ko‘p karra jahon chempioni Magnus Karlsen, afsonaviy Vishvanatan Anand hamda Alireza Firuzja kabi kuchli grossmeysterlar turnir ishtirokchilari qatoridan joy olgan.

Global Chess League Sindarov uchun yaqinlashib kelayotgan muhim musobaqalarga tayyorgarlik jarayonining bir qismi bo‘ladi. O‘zbekistonlik shaxmatchi Samarqandda o‘tkaziladigan Shaxmat Olimpiadasi hamda jahon chempionligi uchun bahs oldidan xalqaro darajadagi kuchli raqiblarga qarshi tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Javohir Sindarov 2026-yilgi Nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, Gukesh Dommarajuga qarshi jahon toji uchun bahslashish huquqini qo‘lga kiritgan. Uchrashuv 25-noyabrdan 15-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting