locale OZ

Javohir Sindarov 20-may kuni Tepe Sigeman 2025 turnirida start oladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Bugun, 20-may kuni Shvetsiyaning Malmö shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Tepe Sigeman 2025 turniri boshlanadi. Aylana tizimida tashkil etilgan ushbu musobaqada dunyoning taniqli grossmeysterlari qatorida hamyurtimiz Javohir Sindarov ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lgan Sindarov musobaqadagi bosh sovrin uchun yana yetti nafar kuchli raqib bilan kuch sinashadi. Ular orasida yagona ayol ishtirokchi — Xitoy vakili, sobiq jahon chempioni Tan Chjun’i ham bor.

Turnir ishtirokchilari:
Javohir Sindarov (O‘zbekiston)
Richard Rapport (Vengriya)
Erwin L'Ami (Niderlandiya)
Ray Robson (AQSh)
Nils Grandelius (Shvetsiya)
Vasiliy Ivanchuk (Ukraina)
Yagiz Kaan Erdogmus (Turkiya)
Tan Chjun’i (Xitoy)

Qur’a natijasiga ko‘ra, 1-turda Sindarov qora donalarda aynan Tan Chjun’iga qarshi o‘ynaydi. Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting