Jasur Mirzamuhammedov yana oktagonda
6 iyul kuni u “Humo Arena”dagi Octagon 75 turnirida rossiyalik Makitovga qarshi jang qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Jangchi hamyurtimiz Jasur Mirzamuhammedov faoliyatini qayta davom ettiradi. U 6 iyul kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tadigan Octagon 75 turnirida oktagonga chiqadi. Uning navbatdagi raqibi — rossiyalik Alan Makitov.
Mirzamuhammedov o‘z MMA faoliyati davomida 8 marta jang qilgan, shundan 6 tasida g‘alaba qozongan va 2 marta yutqazgan. Alan Makitovning natijalari esa: 6 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat. Jasur avval ONE Championship tashkilotida ham ishtirok etgan.
Mazkur turnirning markaziy jangidan o‘rin olgan to‘qnashuvda Azamat Nuftillaev Rossiya vakili Daniyal Elbaevga qarshi ringga chiqadi.
Bakradze Iman
Redaktor