locale OZ

Jasur Alijonov: Temirovning bu jangga chiqishiga avval qarshi edim – hali erta edi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

UFC jangchisi Ramazon Temirovning murabbiyi Jasur Alijonov shogirdining 26 iyul kuni Abu-Dabida qozog‘istonlik Asu Almabaevga qarshi o‘tkazadigan jangi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Menimcha, bu jangni biroz keyinroq tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Agar chempionlik jangi bo‘lganida, buni o‘zgacha — chiroyli ssenariy deb qabul qilardik. Ammo UFC tomonidan aynan shu jang taklif qilindi. Rad etsak, boshqa sana va boshqa raqib berishlarini aytishdi. Shunday sharoitda bizning tanlov imkoniyatimiz qolmadi va jangga rozi bo‘ldik.

Bu — bir vaqtning o‘zida ham sinov, ham trampolin. Agar Temirov g‘alaba qozonsa, Top-5likka yaqinlashadi, chempionlikka qadam tashlaydi. Ammo mag‘lub bo‘lsa, Top-15likdan chiqib qolish ehtimoli bor. Shu bois, shaxsan men bu jang uchun hali erta, deb hisoblagandim, — dedi Alijonov.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting