Jasur Alijonov Temirov – Almabayev jangidan umidvor: Bu muxlislar uchun juda tomoshabop to‘qnashuv bo‘ladi
UFCda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ramazon Temirovning murabbiyi Jasur Alijonov shogirdining qozoqistonlik Asu Almabayevga qarshi jangi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
– Asu Almabayevni yaxshilab bilasizmi? Ilgari u bilan yuzma-yuz kelganmisiz?
– Ha, biz Asu bilan tanishmiz. So‘nggi bor uni Manael Kapega qarshi jang qilgan UFC turnirida ko‘rdik. U asosiy jangda ishtirok etgandi. O‘sha kechada Ramazon esa Johnsonga qarshi ringga chiqqandi.– Jangga tayyorgarlik boshlandimi?
– Ha, tayyorgarlik qizg‘in pallaga kirgan. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti. Bizning maqsadimiz faqat g‘alaba va shunga mos tarzda tayyorgarlik ko‘ryapmiz.– Temirov “stoyka”da ustunlikka ega, Almabayev esa kurashda kuchli. Bu jang uslublar qarama-qarshiligiga aylanadimi?
– Albatta, buni tasdiqlayman. Ushbu to‘qnashuv turli uslublarning to‘qnashuvi bo‘ladi va bu muxlislar uchun juda qiziqarli va tomoshabop jang bo‘lishi aniq. Qaysi jangchi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonishiga umid qilaman.