locale OZ

Jastin Getji UFCning bonuslar tizimini tanqid qildi

Amerikalik jangchi 25 yanvar kuni vaqtinchalik chempionlik kamari uchun oktagonga koʻtariladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jastin Getji UFCning bonuslar tizimini tanqid qildi
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida (70 kg gacha) UFC jangchisi Jastin Getji Dana Uayt boshchiligidagi promoushenda amal qilayotgan bonuslar tizimini keskin tanqid qildi.

«Men 14 marta bonus olganman, ammo ularning umumiy summasi 1 million dollarga ham yetmaydi — bu adolatsizlik. Bonuslar ancha yuqori bo‘lishi kerak. Albatta, moliyaviy jihatdan o‘zim ham aqlliroq harakat qilishim mumkin edi, ammo bunday bo‘lmadi. Hali-hanuz Daniel Kormyening “Paramount bilan kelishuv sabab barcha jangchilar ko‘proq daromad oladi” degan gaplarini eshitaman. Lekin men bu kelishuvdan bir dollar ham qo‘shimcha pul olmayman», — deya Getjining so‘zlarini keltiradi MMAJunkie.

Ma’lumot uchun, Jastin Getji navbatdagi jangini yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun o‘tkazadi. Uning raqibi — britaniyalik Peddi Pimblett bo‘ladi. Ushbu jang 25 yanvar kuni AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan UFC 324 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting