Jastin Getji MMAdagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Yengil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni, amerikalik Jastin Getji aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlash muddati haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Hozir yoshim 37 da. Faoliyatim hali oldinda deb o‘ylash ahmoqlik bo‘lardi. Shubhasiz, biz yakunga yaqinlashyapmiz. O‘ylashimcha, kelasi yilning o‘rtalariga kelib, ya’ni 2027 yilda faoliyatimni 100 foizga yakunlayman.
Bilasizki, qancha narsani qurbon qilishimga to‘g‘ri keladi, qancha kuch sarflash kerak va Oq uyda tashkil etiladigan shou doirasida Iliya Topuriya qanchalik jiddiy raqib ekanini hisobga olsak, men hech qachon omma oldida "shu jangdan keyin aniq ketaman" deb aytmagan bo‘lardim. Ammo, agar maqsadimga erishsam va hammasi muvaffaqiyatli yakunlansa, buni boshqa takrorlamaslik (faoliyatni tugatish) unchalik yomon g‘oya bo‘lmaydi», — dedi Getji 365 Sports YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji o‘zining murosasiz jang uslubi bilan tanilgan va UFC’ning eng tomoshabop jangchilaridan biri hisoblanadi.